O‘zbekiston-Yaponiya OTM mutaxassislarining kasbiy malaka va mahoratini oshirishda hamkorlik qiladi

Jamiyat

image

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston – Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bugungi kunda oliy ta’lim sohasida Yaponiya bilan hamkorlik kasbiy ta’limni rivojlantirish, akademik almashinuv, mutaxassislarning kasbiy malaka va mahoratini oshirish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. 

“O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zining geografik joylashuvi, demografiyasi bilan ajralib turadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik jadal taraqqiy etayotgani quvonarli. Xususan, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening 2015 yili O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshida O‘zbekiston – Yaponiya yoshlari innovatsion markazi ish boshlagan edi. Ushbu konferensiya oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikda yangi istiqbollar ochishiga ishonaman”, deydi Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi deputati, Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirining parlament o‘rinbosari Xiroyuki Nakamura.

Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyitining qayd etishicha, aholisining aksariyatini yoshlar tashkil etadigan O‘zbekiston bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ushbu anjuman akademik almashinuv, universitetlararo aloqalarni kengaytirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Konferensiya doirasida akademik va ilmiy hamkorlik, talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish yo‘lidagi o‘zaro muloqotni mustahkamlash, ikki mamlakat yetakchi innovatsion markazlari, texnoparklari, universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama etildi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM O'zbekiston-Yaponiya rektor

Baholaganlar

4

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing