O‘zbekiston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Dushanbega boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan bir qator tadbirlarda ishtirok etadi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tashrif sanasi 2019 yilning 17-18 may kunlariga belgilangan.

Delegatsiya Dushanbe shahrida “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada va “Markaziy Osiyo – Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 7-majlisida ishtirok etadi.

Shuningdek, Dushanbe shahrida mazkur tadbirlarda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston

Baholaganlar

12

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing