Video: Istanbulga sel kelib, tornado yopirildi

Olam

Turkiyaning Istanbul shahriga kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel keldi, ba’zi ko‘chalarni suv bosdi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Ko‘chalarda suv odam tizzasigacha ko‘tarildi. Binolarning yerto‘la qismlari suvga to‘ldi. Hozirda qutqaruvchilar yerto‘lalardagi odamlarni evakuatsiya qilishyapti.

İstanbul'da Çatalca ve Hadımköy'de korkutan hortum - 1

Istanbul chetidagi Chatalja va Hadimko‘y mavzelarida ulkan tornado yuzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tornado aks etgan video va suratlar tarqaldi.

Noqulay ob-havo fabrikalardan birining tomiga zarar yetkazgani aytilyapti. Kuchli yomg‘ir va shamoldan eng ko‘p markaziy tumanlar: Taksim, Beshiktosh, Uskudor, Ortako‘y, Esenyurt zarar ko‘rgani aytilmoqda.

İstanbul'da Çatalca ve Hadımköy'de korkutan hortum - 4


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

438

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing