Bepul sut kimlarga berilishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga bepul sut va boshqa narsalar beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yuqorida qayd etilgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha:

– sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);

– davolash-profilaktika oziq-ovqati;

– gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);

– maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.

Bunday ishlarning ro‘yxati, beriladigan narsalarning normalari, ta’minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

Avvalroq, ish beruvchi ishga kiruvchidan qaysi hujjatlarni talab qilishi taqiqlangani haqida xabar bergan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

Adliya Sut Mehnat sharoiti noqulay ish

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing