Toshkentning Abay ko‘chasida zamonaviy yerosti chiqindi tashlash shoxobchasi qurilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan Shayxontohur tumanida yangi zamonaviy yer osti shoxobchasi qurilmoqda. Bu haqda O‘zAga xabar berdi.

Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan yengil turdagi chiqindi tashlash shoxobchasi atrof-muhitni ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha xalqaro miqyosdagi zamonaviy tajriba sanaladi.

Bu kabi shoxobcha Toshkent shahrida uchinchi bo‘lib, avvalroq uning turdoshlari Yashnobod va Yunusobod tumanlarida barpo etilgan.

“Maxsustrans” DUK tomonidan yil boshidan buyon Toshkent shahrida surunkali chiqindi to‘planadigan joylarga 200 dan ortiq 1100 va 770 litr hajmdagi maxsus qutilar qo‘yilgan. Bundan tashqari shahar bo‘ylab 120 litr hajmdagi plastmas qutilar o‘rnatish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Maxsustrans

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing