Farg‘onaga 2 milliard dollar investitsiya kiritiladi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida Janubiy Koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda “Aqlli shahar” quriladi. Mazkur loyihaga Koreya tomonidan 800 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda O‘zA axborot xizmati xabar bermoqda.

Loyiha ishga tushgach, kelajakda ko‘plab investorlarni jalb qilish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Chunki bu hudud ilg‘or koreys erkin iqtisodiy zonalari standartlariga muvofiq shakllantiriladi.

“Chxong-xe Injiniring” kompaniyasi vakillari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, viloyat hokimligi bilan erkin iqtisodiy zona va “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha memorandum imzolandi.

Unga ko‘ra, Uchko‘prik tumanida 250 gektar maydonda “Aqlli shahar” loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Memorandumda hududlarning taqsimlanishi, Smart Core, ya’ni biznes markazlashtirilishi, ma’muriyat, yuqori texnologiyali industriya, R&DPlaza – AT vodiysi, oliy ma’lumot, shuningdek, yashash hududlarining markazlashtirilishi, aholini joylashtirish va chet elliklar oqimi kabi masalalar o‘z aksini topgan. Aqlli shahar qurilganidan so‘ng yangi investorlarni jalb qilish hisobiga 2 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda Farg‘ona shahrida “Chung Construction Design Group” tomonidan 100 million dollarlik to‘g‘ridan –to‘g‘ri investitsiya evaziga besh yulduzli mehmonxona, zamonaviy savdo va biznes anjumanlar o‘tkazish majmuasini barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Janubiy Koreya

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing