29 ming yevro qalbaki pulni bankda ayriboshlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Toshkentda fuqaro 29 ming yevro miqdoridagi qalbaki pulni bank orqali milliy valyutaga ayriboshlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda Bosh Prokuratura matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Departamentning Mirobod tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari hamkorlikda, bank tomonidan berilgan xabarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro A.Z. tomonidan ATB “Asaka bank” Yunusobod filialiga milliy valyutaga ayriboshlash uchun taqdim etilgan 58 dona 500 yevro kupyuralik, jami 29 ming yevro pul mablag‘lari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing