Ser Aleks Fergyuson APLda kim chempion bo‘lishini aytdi

Sport

image

Afsonaviy murabbiy Ser Aleks Fergyuson APLning bu mavsumida “Liverpul” chempion bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Uning fikriga ko‘ra, sobiq jamoasi “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Manchester Siti”dan ochko oladi va chempionlikni “Liverpul”ga taqdim etadi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” APLning qolgan turlarida “Tottenxem”, MYU, “Byornli”, “Lester”, va “Brayton” jamoalari bilan bellashadi. “Liverpul” esa, “Kardiff”, “Xaddersfild”, “Nyukasl”, va “Vulverxempton” jamoalariga qarshi to‘p suradi.

“Shaharliklar”ni oldinda ikkita qiyin o‘yin kutmoqda. Ayni paytda “Liverpul” hisobida 85 ochko mavjud. “Manchester Siti” hisobida esa, 83 ochko bor. Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar liverpulliklardan bitta kam o‘yin o‘tkazishgan.


Maqola muallifi

Teglar

APL Ser Aleks Fergyuson

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made