Senatning 9-yalpi majlisi qachon o‘tkazilishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi joriy yilning 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi qaror kecha, 11 noyabr kuni Senat Kengashining majlisida qabul qilingan. 

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan: 

•    “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”; 

•    “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”;

•    “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”;

•    “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”;

•    “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning to‘qqiz oyi davomida Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisoboti, qolaversa, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlari  tomonidan ijro etilishi haqidagi masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, mamlakat maxsus iqtisodiy zonalarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish, mamlakatimizda toshqinlar, sel oqimlari, ko‘chki xavfi mavjud tog‘ va tog‘oldi hududlarida joylashgan aholi punktlari va iqtisodiy ob’ektlar xavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini vaqtincha amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlari himoyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatining amaldagi  holati va ularning  tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari yuzasidan, mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etishda yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan, chiqindilar bilan bog‘liq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yalpi majlis Senat

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made