Yozuvchilar uyushmasi qoshida “Tarjima va targ‘ibot markazi” tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshida jamoatchilik asosida “Tarjima va targ‘ibot markazi” tashkil etiladi. Bu haqda ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tayotgan “Jahon adabiyoti durdonalari: o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etishdagi yutuqlar, muammolar va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi matbuot anjumanida Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ma’lum qildi. 

Markazda jahon va qardosh tillardan o‘zbek tiliga, o‘zbek tilidan jahon va qardosh tillariga tarjima qiluvchi yuqori malaka va tajribaga ega tarjimonlar guruhini tashkil etiladi. Tarjimonlar mehnatiga munosib haq to‘lash, shuningdek, tarjima ishlari uchun oldindan qisman to‘lovlar tartibini shakllantiriladi.  

Uyushma qoshidagi maxsus komissiya tavsiyasiga ko‘ra asarlarni jahon va qardosh tillaridan o‘zbek tiliga, o‘zbek tilidan jahon va qardosh tillariga tarjima qilish ishlarini jadallashtirish ko‘zda tutilmoqda. Dasturga ko‘ra, Markazning ishlash tartibi, tarkibi va rejalari mart oyida ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sirojiddin Sayyid

Baholaganlar

8

Reyting

3.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar