Sardor Umurzoqov qirg‘izistonlik mavqedoshi bilan uchrashdi

Jamiyat

image
Mirziyoyev Oqilbek Japarovni qabul qildi north_east

Mirziyoyev Oqilbek Japarovni qabul qildi

Bugun, 27 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov bilan uchrashdi. 

Aytilishicha, uchrashuv Oqilbek Japarovning II Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Toshkentga amaliy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan, shuningdek, avvalgi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashgan. Ikki davlat Prezidentlari Administratsiyasi rahbarlari II Toshkent xalqaro investitsiya forumining boy dasturi va mazmunini ham muhokama qilgan.

“Hamkasblarimga aytamanki, mening akam bor – Oqilbek akam. Tashrifingiz bilan siz ikki tomonlama munosabatlarning misli ko‘rilmagan yuksak darajasi va sifatini yana bir bor tasdiqladingiz”, degan Sardor Umurzoqov.

Oqilbek Japarov esa xalqaro ishbilarmon doiralarga O‘zbekistonning ulkan sarmoyaviy salohiyatini namoyon etuvchi samarali maydonchani taqdim etayotgan mazkur keng ko‘lamli forumga yuqori tashkiliy tayyorgarlik ko‘rilgani haqida gapirgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Sardor Umurzoqov Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made