Namanganda bir kechada ikkita YTHda 4 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 16  iyul kuni Namangan viloyatida to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ikkita mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatining soat 10:00larda To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan 42 yoshli A.R. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasini Shoxidon mahalla hududidan o‘tuvchi Farg‘ona halqa yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan 30 yoshli R.A.boshqaruvidagi “Captiva” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Nexia” avtomashinasi haydovchisi va uning yo‘lovchi sifatida ketayotgan 36 yoshli ukasi A.R.lar jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar, hamda yana bir yo‘lovchisi 37 yoshli T.R. ismli ayol kasalxonaga yotqizilgan.

Ikkinchi YTH soat 20:20da Farg‘ona halqa yo‘lida ro‘y bergan. 28 yoshli I.P. boshqaruvidagi “M-412” rusumli avtomashinasini haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan 68 yoshli N.A. boshqaruvidagi “Tico” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.

Natijada “Tico” avtomashinasi haydovchisi jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi 67 yoshli M.M. kasalxonada vafot etgan. Shuningdek, yana 2 nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

 Har ikkala YTH yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jinoyat Namangan viloyati

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing