Mirziyoyevga Qozog‘istondan yana bir tabrik keldi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildilar.

Suhbat avvalida Nursulton Nazarboyev davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston Prezidentining qardosh ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishishdagi shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, tabrik va ezgu tilaklar, shuningdek, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining rivojlanishi va mustahkamlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirdi.

Keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi bir necha karra ortdi, ustuvor yo‘nalishlarda istiqbolli kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, transport va tranzit kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlik kengaymoqda.

Hamkorlikning yangi jihati – hududlararo almashinuvlar yo‘lga qo‘yildi. Ishbilarmonlik aloqalari faollashdi. O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida ikki qardosh xalq do‘stligi va yaxshi qo‘shnichiligini mustahkamlashga xizmat qilayotgan birgalikdagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh vazirlari raisligidagi qo‘shma Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing