O‘zbekistonlik ziyoratchilar Umra amalini ado etdi

Jamiyat

image

Madinai munavvara ziyoratini tamomlagan o‘zbekistonlik ziyoratchilar Makka shahrida izzat-ikrom bilan kutib olindi.

Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xabar bermoqda. Muqaddas ikki shaharning orasi 460 kilometrni tashkil etadi. Ushbu masofa avtobusda o‘rtacha tezlikda 5-6 soatda bosib o‘tiladi. 

Makka — Saudiya Arabistonining g‘arbida joylashgan bo‘lib, atrofini tog‘lar qurshab olgan go‘zal shahar. O‘zbekistonlik ziyoratchilar shahardagi eng hashamatli va ko‘rkam mehmonxonalardan biri — “Abroj al-Hidoya”da joylashdi.

“Abroj al-Hidoya” mehmonxonasidan Ka’batullohga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Transportlar ikki tarafga uzluksiz, 24 soat davomida harakatlanadi.
Ziyoratchilar guruh rahbarlari hamrohligida Masjidul Haramga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Umrani bajargan o‘zbekistonlik ziyoratchilar Zulhijja oyining sakkizinchi tuniga qadar, ya’ni yolg‘on arafagacha Ka’bani tavof qilib, toat-ibodatda bo‘ladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing