O‘zbekistonda 42 yashar erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ikkinchi o‘lim holati qayd etildi. Mamlakatda ushbu virusdan vafot etganlar 22 nafarga yetdi. 

SSV ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 42 yoshli D.X. (erkak) joriy yil 20 iyun kuni bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi (insult)ning qaytalanishi bilan (2018 yilda birinchi marotaba insult bo‘lgan) o‘ta og‘ir holatda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorda 22 iyun kuni koronavirus aniqlangan va unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda ahvoli keskin yomonlashganligi sababli sun’iy nafas berish apparatiga olingan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli tajribali shifokorlar tomonidan ham nazoratga olinib, bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilgan.

Biroq shu soha mutaxassislarining standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

381

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing