Samarqandning ikkita tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 18 aprel kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimligining matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Abilov Feruz Ne’matullayevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan Sulaymonov Najmiddin Baxriyevich nomzodi Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Bundan tashqari, viloyatning Jomboy tumanida ham hokim o‘zgargan. Xalq deputatlari Jomboy tuman kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi etib Sobirov Qayum Xamrayevich tasdiqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Qayum Sobirov 1970 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan. Iqtisodchi. Bugungi kungacha O‘zbekiston Markaziy bankining Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shu paytgacha tuman hokimi sifatida faoliyat yuritgan To‘ychiyev Hamza Hakimovich arizasiga asosan, vazifasidan ozod qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

162

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing