O‘zbekistonlik futbolchi karantindagi muhtoj oilalarga 100 million so‘m ajratdi

Sport

image

BAAning “Sharja” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatda qiyin ahvolda qolgan oilalarga moddiy yordam berdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zgan. Shukurov 100 million so‘mga kunlik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilgan va uni karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga tarqatgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 104 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shu vaqtgacha 2 kishi vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Shukurov

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing