Usmonov kesadi, Ortiqxo‘jayev ekadi

Jamiyat

image

Avvalroq, 9-10 mart kunlari poytaxt Toshkentda "Yashil tashabbus - 2019" aksiyasi o‘tkazilayotgani, unda shahar bo‘ylab jami 122 000 ming dona ko‘chat ekalishi ko‘zda tutilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun start olgan aksiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham galstuksiz hashar o‘tkazilayotgan hududlarga bordi. O‘z qo‘li bilan daraxt ekdi. Hasharda ishtirok etayotgan Qalampir.uz muxbirining xabar berishicha, hokim o‘zi o‘qigan 169-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borib, ko‘chat o‘tkazgan. 

 

 

Ma’lumot o‘rnida, erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli 22 ta avtobuslar karvoni tumanlar kesimi bo‘yicha yo‘lga chiqdi. Ularga 30 830 ta turli ko‘chatlar ortilgan.

Shuningdek, poytaxtdagi 55 ta mahallaga 8 950, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, shifoxonalarga 49 220 ta, tuman hokimliklari uchun 33 000 ta, jami 122 000 dona ko‘chatlar bepul yetkazib beriladi. 

Ko‘chatlar Toshkentdagi madaniyat va istirohat bog‘lari, avtomobil yo‘llari atrofiga, e’tibordan chetda qolgan va daraxtlar oz bo‘lgan hududlarga ekiladi.

 

 

Buning uchun Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi xodimlari jalb etilgan. Mahallalarda ushbu loyiha ko‘ngilli yoshlar, otaxonlar maslahati bilan olib borilmoqda. 

Tadbirlarda xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari va diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etib, "Do‘stlik" madaniyat va istirohat bog‘ida ko‘chat ekishlari nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov daraxtlar "qirg‘ini"da faol bo‘lganlikda ayblangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing