O‘zbekistonga snayperning nishonga olish moslamasini olib kirayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Fuqaro O‘zbekistonga snayper miltig‘ining nishonga olish moslamasini olib kirayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qo‘mitadan xabar qilishlaricha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro D.Yo. ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Natijada, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 1 dona “Dragunov snayperlik miltig‘i”ning optik nishonga olish moslamasini yashirib olib o‘tayotganligi fosh qilingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz qurol-yaroq va o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazishga bo‘lgan urinishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

DBQ Snayper

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made