Samarqandda sof quyma oltin sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Narpay tumanida sof quyma oltin "savdogar"lari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi. 

Qayd etilishicha, DXX hamda departamentning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Narpay tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar Sh.G‘. va I.K. tarkibida tilla zarralari mavjud bo‘lgan qumlarni noqonuniy ravishda qazib olib, qayta ishlash orqali tanga shakliga keltirilgan sof quyma oltinni fuqaro Z.I.ga 2 000 AQSH dollari va 180 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan moddaning og‘irligi 143,9 grammni tashkil qilib, tarkibida 99,5 foiz sof oltin va 0,06 foiz kumush mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston sof quyma oltin noqonuniy savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made