Samarqandda noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylar buzilmoqda

Jamiyat

image

Samarqand shahrida noqonuniy ravishda qurilgan 159 ta ob’ekt aniqlangan.

Viloyat hokimligi tomonidan ularda sodir etilgan qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab chiqildi. Ob’ektlardan 18 tasi respublika miqyosida, 141 tasi viloyat miqyosida hal etilishi bo‘yicha xulosalar taqdim etilgan.

Zarnews nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida qurilgan ko‘p qavatli turar va noturarjoy binolari qurilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh shtabi tashkil qilingan hamda viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Qurilish vazirligi hamda viloyat hokimligi bilan birgalikda 18 ta ob’ektning yuqori qavatlarini buzish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish uchun “Toshgiprogor” aksiyadorlik jamiyati, “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi biriktirilgan. Loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 56 milliard so‘m tovon puli va 17,0 milliard so‘m buzish ishlariga mablag‘ zarurligi aniqlangan.

Samarqand shahar Mironshoh ko‘chasi 4-manzilda joylashgan, “Afrosiyob Xosiyat begim makoni” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ko‘p qavatli uy yuqoridagi tilga olingan 18 ta ob’ektning biri hisoblanadi. 20 may kuni ushbu ko‘p qavatli uyda buzish ishlari boshlandi.

Qurilish vazirligi hamda viloyat hokimligi tomonidan 18 ta ob’ektning yuqori qavatlarini buzish uchun 7 ta pudrat tashkilotlari biriktirilgan.

Viloyat hokimligi mas’ullari o‘zboshimchalik bilan qurilgan boshqa uylarning ham qurilish me’yorlariga zid bo‘lgan qismlari buzilishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made