Samarqandda qariyb 3 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagan rahbar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Toyloq tumanida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Toyloq tuman bo‘limi, prokuratura va “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.a.” MCHJ rahbari I.M. MCHJ issiqxonasida isitish qozoni va qo‘lbola yondirgichlarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida yashirincha ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,9 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq Xorazm viloyati Urganch tumanida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand gaz o'g'irsi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing