Samarqandda fuqaroni Isroilga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda fuqaroni 18 000 AQSH dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda U.R., Z.M. va A.S. ismli shaxslar fuqaro H.Sh.ni 18 ming dollar evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, shundan 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.K. 4 nafar fuqaroni Turkiya orqali Nikaragua davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, jami 35 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar qilgandik.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

DXX Samarqand Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing