Xalqaro kinofestival o‘zbek allomasi haqidagi film bilan ochiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21-25 aprel kunlari Tatariston respublikasida Qozon musulmonlar xalqaro XV kinofestivali bo‘lib o‘tadi.

Ushbu festivalga “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” nomli badiiy film rejissyori Abduxalil Mignarov boshchiligidagi ijodiy guruh ham taklif etilgan. Asosiy tadbirlar ushbu film prem’erasi bilan boshlanadi.

Mazkur kinofestival 2005 yildan buyon “Madaniyat muloqotidan - muloqot madaniyati sari” shiori ostida o‘tkazilib kelinadi. U bag‘rikenglik, tinchliksevarlik, matonat va insonparvarlik g‘oyalarini filmlarda tarannum etishi bilan musulmon olamidagi kinoijodkorlar o‘rtasida mashhurdir.

“Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” filmining Toshkentdagi prem’erasi esa 20 aprelga mo‘ljallangan. Film ijodkorlari o‘z ijod mahsullarini o‘zbek kino muxlislariga ramazon tuhfasi sifatida taqdim etishni maqsad qilishgan.


Maqola muallifi

Teglar

kinofestival'

Baholaganlar

21

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar