Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan yangi qaror qabul qilinadi
Jamiyat
−
24 may 2019
8490Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligini tubdan takomillashtirish hamda matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Bu haqda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Мирзиёеva ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy саҳифаси orqali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu hujjat avval тилга olingan ko‘plab muammolarni hal қилиш, ya’ni matbuot xizmatlarini davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi haqiqiy ishonchli ko‘prikka aylantirish, ularning mamlakatimiz axborot makonida samarali faoliyatini ta’minlash, matbuot kotibi mavqeini oshirish, ushbu xizmatlar kadrlar salohiyati va moddiy-техника ta’minotini kuchaytirish va hokazolarga qaratilgan.
“Mazkur qaror loyihasi bo‘yicha davlat tomonidan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni ham mamlakatimiz, ham хорижда yanada samarali yoritilishi maqsadida davlat tuzilmalari matbuot xizmatlari ishini yaxshilash imkonini берадиган har qanday taklif va фикрларинgiзни bildirsangiz mamnun bo‘lamiz. Shuni ishontirib aytamanki, ularning barchasi hujjat loyihasini takomillashtirish jarayonida o‘rganiladi va e’tiborga olinadi. Tavsiya va takliflaringiz uchun avvaldan minnatdorlik bildiraman.”, degan Saida Мирзиёеva.
Qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr