Ro‘zaning siz bilmagan jihatlari bor

Foydali

image

Ro‘za tutishning inson organizmiga, ruhiyatiga foydasi beqiyos. O‘z ixtiyori ila o‘ttiz kun davomida ko‘ngli tusagan narsalardan tiyila olgan odam shubhasiz sabr-bardoshga ega bo‘ladi. Salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar buni tasdiqlayapti. Shu bois ochlik yo‘li bilan davolash tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda, davolashning bu turi dunyoda urf bo‘lmoqdi. Nafaqat sog‘liqni saqlashda, balki kasalliklardan xalos bo‘lishda ham ro‘za tutishning o‘ta zarurligi ta’kidlanyapti.

Ayrim G‘arb mamlakatlarida shu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi maxsus shifoxonalar ham bor.
Odam vujudi shunday yaratilganki, oziq-ovqat yetkazish to‘xtagan paytda butun kuch-quvvat organizmni zararli mikroblar, xasta to‘qimalar, o‘sma va xiltlardan tozalashga qaratiladi. Tadqiqotchi, tibbiyot fanlari doktori Robert Bartlou ilmiy izlanishlar davomida ro‘za organizmni poklashda juda katta kuchga ega ekani va hatto boshlang‘ich bosqichda o‘smalarni yo‘qotishi mumkinligini isbotladi.

Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ro‘za qonda xolesterin miqdorining kamayishiga, natijada yurakda qon laxtasi (tromb) tiqilishining oldi olinishiga sabab bo‘ldi. AQSHda olib borilgan tadqiqotlar esa ro‘za qondagi qand moddasi va me’da shirasi kislotasini hech qanday dori vositalarisiz me’yorda saqlab turishini isbotladi.
Ochlik ta’sirlarini o‘rgangan germaniyalik olimlar uch-to‘rt hafta mobaynida 10-15 soat hech nima iste’mol qilmay yengil ish bilan shug‘ullanish sog‘lik uchun juda foydali degan xulosaga keldi. Doktor Bill Shernber har yili bir oy ro‘za tutish tetiklik va yoshlik asosi ekanini ta’kidlaydi.

 
Amerikada o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ochlik odamning immun tizimini mustahkamlaydi: ro‘za oyida limfa tugunlari faoliyati o‘n marta yaxshilanadi va immun funksiyalarini bajaruvchi hujayralar soni oshadi. Ro‘za, shuningdek, oshqozon yarasi profilaktikasida ajoyib ish beradi, chunki uning kislotaliligini normallashtiradi.
Odessa universiteti olimlari o‘tkazgan tajribalar ochlik tanadagi zaharlarni har qanday dori-darmondan ko‘ra samaraliroq chiqarib tashlashini ko‘rsatdi. Masalan, ro‘za paytida organizmdan ammiakning chiqarilishi 100 barobarga kuchayadi.

Nevrolog Dmitriy Shubinning so‘zlariga ko‘ra, erta tongdan kun botgunga qadar vaqtigacha ro‘zador ma’lum miqdordagi ovqatni kichik porsiyalar bilan yeyishi kerak. Bu qondagi qand miqdorini zarur darajagacha ko‘taradi va odam o‘z organizmini qiynamasdan, yana bir kunni ovqatsiz o‘tkazadi.
Ko‘pchilikda fan tomonidan tasdiqlangan, amalda isbotini topgan narsalarga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi. Ammo ishoning, ro‘zaning hali ilm-fan aniqlay olmagan foydali jihatlari borligi shubhasiz... 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ro'za foydali

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing