“Manchester Yunayted” “Barselona” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitichga qiziqish bildirmoqda. Keyingi paytda futbolchining mavsum so‘nggida “Barselona”ni tark etishi to‘g‘risida mish-mishlar avj olmoqda. Bunga esa yozda erkin agentga aylanadigan fransuz Adriyen Raboning kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi sabab bo‘lmoqda.

Shu sababdan Yevropaning bir qator grand klublari pleymeykerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Oldinroq unga Italiyaning “Inter” klubi taklif bilan chiqqan edi. 31 yoshli futbolchining o‘zi esa jamoada qolishni xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rakitichning “Barselona” bilan tuzilgan shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made