“Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish”. Shermatov Jizzax va Qarshidagi voqeaga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax va Qarshi shaharlarida maktab o‘quvchilarining sochini chizg‘ichda o‘lchab yurilgani tasvirlangan suratlar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur holatga izoh berib, joylarda ta’lim sifatini oshirish uchun ham shunday jonkuyarlik ko‘rsatishsa yaxshi bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

“Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish, “Zastav duraka Bogu molitsya, on i lob rasshibyot…”

Afsuski, shu ikkita maqolni ma’nosi bugungi ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni sochini chizg‘ichda o‘lchashga bog‘liq holatni yaxshi tasvirlasa kerak. Hech qaysi topshiriqda bolalarni sochini chizg‘ichda o‘lchab, rasmga olib, telegramda tarqatish kerak deb yozilmagan. Kimdir qayerdadir juda qattiq ishlayotganini ko‘rsatish uchun shunday qilgandir shekilli…

Qani endi, ta’lim sifatini yaxshilash va o‘z malakasini oshirish bo‘yicha Qarorlarni shunchalik jon kuydirib ijro etishsa joylarda…”, degan vazir Sherzod Shermatov.

Ayni holatga Xalq ta’lim vazirligi ham o‘z munosabatini bildirib, o‘quvchilarning sochini o‘lchash yoki ularning tashqi ko‘rinishini tekshirish bo‘yicha hududiy xalq ta’limi boshqarmalariga hech qanday topshiriq berilmaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Shermatov

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing