Andijonlik fermerlarga o‘z tajribasi bilan yordam bergan O‘zDJTU professoriga hokimlik Spark sovg‘a qildi

Jamiyat

image

Andijonlik fermerlarga g‘o‘za qatorlari orasiga soya ekish ishlarini tashkil etishda o‘zining ilmi va tajribasi bilan yaqin yordam bergan olima viloyat hokimligi tomonidan Spark avtomobili bilan taqdirlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Oltinko‘l tumanidagi "Ko‘hna vodiy bahori" fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishib, g‘o‘za qatorlari oralariga soya ekish bo‘yicha Andijon tajribasini yaratish taklifini bergan edi. Ushbu taklifni amalga oshirish maqsadida Andijon viloyatiga butun umrini soya yetishtirish ilmiga bag‘ishlagan, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Dilorom Yormatova taklif qilindi.

Olima andijonlik fermerlarga g‘o‘za va soyani birdaniga ekib, tuproq unumdorligini oshirish, qo‘shimcha don olib, toza o‘simlik moyi olishga erishish hamda g‘o‘zaning ma’danli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini kamaytirib, tuproqda ekologik toza muhit yaratib, organik mahsulot yetishtirishda yaqindan yordam beradi. Jalaquduq, Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Bo‘ston, Izboskan tumanlarida qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga professor D.Yormatova ushbu dukkakli ekin turi bo‘yicha kerakli tavsiyalar bilan tushuntirib berdi va dastlabki g‘o‘za qator orasiga soya ekish ishlari boshlab yuborildi.

Andijonlik fermerlarga g‘o‘za qatorlari orasiga soya ekish ishlarini tashkil etishda o‘zining ilmi va tajribasi bilan yaqin yordam bergan olima viloyat hokimligi tomonidan Spark avtomobili bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, professor Dilorom Yormatovaning ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida 2010-2011 yillarda Sirdaryo viloyatida soya bilan g‘o‘zani birga qo‘shib ekish bo‘yicha tajribalar olib borilgan va yuqori samaradorlikka erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon O'zDJTU

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing