Toshkentda tug‘ilib, Angiliyada to‘p surgan futbolchi faoliyatini tugatdi

Sport

image

O‘zbekistonda tug‘ilib, 12 yil davomida yashagan Piter Odemvingiye futboldagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

37 yoshli  Piter Odemvingiye 1981 yilning 15 iyulida Toshkentda istiqomat qilgan nigeriyalik muhojirlar oilasida dunyoga kelgan. Futboldagi ilk saboqlarini u O‘zbekistonda olgan.

Keyinchalik Rossiyaning KAMAZ va SSKA yoshlar jamoalarida o‘ynadi. Piter Fransiyaning “Lill”, Rossiyaning “Lokomotiv” va Angliyaning “Vest Bromvich”, “Kardiff Siti”, “Stok Siti” klublaridagi faoliyatini bilan tanilgan edi. Nigeriyalik futbolchining oxirgi jamoasi Indoneziyaning “Madura Yunayted” klubi bo‘ldi.

Odemvingiye faoliyati davomida Belgiya Kubogi sohibiga aylangan. 2009-yilda Nigeriyada “Yil futbolchisi”, shuningdek, APLda 3 bora (2010/11 mavsum – sentyabr, aprel; 2011/12 mavsum – fevral) “Oy futbolchisi” nomiga erishgan.

Ma’lumot uchun, u O‘zbekistonda tug‘ilgan bo‘lsada, ota tomonidan vatani Nigeriya terma jamoasi safida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vest Bromvich Stok Siti Piter Odemvingie

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar