“Vnukovo”da janjal qilgan terma jamoa darvozaboni hibsga olindi

Sport

image

Rossiya terma jamoasi va “Zenit” klubi darvozaboni Andrey Lunyov “Vnukovo” aeroportida hibsga olindi. Bu haqda Rossiya OAV xabar tarqatdi.

27 yoshli darvozabon mast bo‘lgan va odamlarni g‘ashiga tegadigan harakatlar qilgan. Futbolchini samolyotga chiqarishdan bosh tortishgan. Bunga javoban sportchi aviakompaniya xodimlarini haqoratlay ketgan. Lunyov bayonnoma tuzish uchun politsiya bo‘limiga olib borilgan. Futbolchi Moskvadan Sankt-Peterburgga ketishi kerak bo‘lgan.

Darvozabon Yevropa chempionati saralash bosqichidagi ikki o‘yinni ham zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Har ikki o‘yinda ham Rossiya darvozasini “Lokomotiv” darvozaboni Marinato Gilerme qo‘riqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vnukovo Andrey Lunyov

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made