Endi avtobus chiptalarini onlayn sotib olish mumkin
Jamiyat
−
28 avgust 2019
16317“Toshkent” avtovokzalidan harakatlanayotgan shaharlararo mahalliy yo‘nalishlardagi avtobus qatnovlariga chiptalarni onlayn tarzda xarid qilish imkoniyati yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ma’lum qildi.
Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni onlayn tarzda xarid qilish imkonini taqdim etuvchi https://avtoticket.uz/ sayti ishga tushirildi.
“Mazkur onlayn platforma aholining barcha qatlamiga yuqori darajada qulaylik yaratish maqsadida sodda va tushunarli tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, istalgan yoshdagi kishilar uchun juda qulaydir. Chiptalarga to‘lovni amalga oshirish jarayoni butunlay avtomatlashtirilgani esa mazkur jarayondagi turli xil noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishga xizmat qiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Onlayn platforma yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha yangi yechimlarni ham taqdim etadi. Bu yerda “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshiriluvchi barcha qatnovlar bo‘yicha uch kunlik ma’lumotlar, avtobuslardagi bo‘sh o‘rindiqlar soni, avtobuslarning jo‘nash vaqti, modeli haqidagi batafsil ma’lumotlar mavjud.
LiveBarchasi