Rossiyada o‘g‘irlangan avtomobil O‘zbekistonda to‘xtatildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari Rossiya Federatsiyasida o‘g‘irlangan avtomobilni boshqarib ketayotgan RF fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

DBQ xodimlari “Navoiy” bojxona postida Toyota Camry avtomobilini boshqarib ketayotgan RF fuqarosining hujjatini tekshirgan. Natijada mashina Rossiya hududida o‘g‘irlanginligini aniqlagan.

Holat yuzasidan DBQ tomonidan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari boshlangan. Shuningdek, avtomobil o‘g‘irlangani va gumonlanuvchi to‘g‘risida Rossiya IIVga tegishli bildirgi yuborilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda avtomobil olib qochganlik uchun 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona o'g'rilik

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing