Namangan osmonida nima gumburladi?

Jamiyat

image

Bugun, 29 mart kuni soat 14:28 da Namangan shahri osmonida deraza oynalarini zirillatib yuborgan kuchli gumburlash sodir bo‘ldi.

O‘zA vaziyatga oydinlik kiritish uchun Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan telefon orqali bog‘langan.

“Gumburlash ovozi eshitilganiga ancha bo‘ldi. Biroq hali navbatchilik qismlarimizga tegishli xizmatlardan, fuqarolardan portlash, yong‘in, anomal tabiat hodisasi yoki shunga o‘xshash favqulodda holatlar yuz bergani to‘g‘risida murojaat tushgani yo‘q”, degan boshqarma boshlig‘i B.Ashurov.

Qayd etilishicha, gumburlashning sabablari, albatta, o‘rganiladi va natijasi ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida ham ikki marta shunday Namanganda gumburlash ovozi eshitilib, sababi noma’lumligicha qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan gumburlash

Baholaganlar

314

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing