O‘rtachirchiqda erkak qo‘shnisini o‘ldirib qo‘ydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 iyun kuni taxminan soat 02:00 da Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida qo‘shnilar o‘rtasidagi janjal qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Fuqaro 36 yoshli N.B. mast holatda o‘zi yashab kelayotgan Guliston ko‘chasida qo‘shnisi 38 yoshli M.Sh. bilan o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan. Janjal davomida N.B. qo‘shnisi M.Sh.ni bosh qismiga qattiq to‘mtoq jism bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada M.Sh. birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasdan qolganligi oqibatida olgan og‘ir tan jarohatlari bilan 4 iyun kuni 16:00 larda hodisa joyida vafot etgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Toshkent viloyati

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing