Rossiyada inson a’zolariga buyurtma olish boshlanishi mumkin

Salomatlik

image

Rossiyada "Inson a’zosiga buyurtma" dasturi doirasida innovatsion bioreaktor yaratish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Sechenov universiteti biotibbiyot ilmiy-texnologik parki direktori, professor Piter Timashev ma’lum qildi.

"Agar biz tomirlarni o‘stirsak, suyuqlik har doim kerakli mexanik ta’sir ostida bo‘lishi uchun uni ma’lum tezlikda oqishini ta’minlashimiz kerak. Agar biz neyronlarni, asab to‘qimalarini o‘stirsak, ular elektr ta’siriga muhtoj bo‘ladi. Har bir alohida holat o‘ziga xos omillar kombinatsiyasiga muhtoj, ularni an’anaviy bioreaktor ta’minlay olmaydi. Shuning uchun, avvalo, biz mexanik, elektr va boshqa ta’sirlar yordamida ma’lum bir to‘qimalarning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan muhitni shakllantiradigan tizimni yaratishimiz kerak", deydi u.

Professorning aytishicha, mutaxassislar allaqachon ushbu vazifani amalga oshirishga imkon beradigan bioinjeneriya laboratoriyasini qurish ustida ish boshladilar. Shuningdek, bioreaktor bioekvivalentlarni yetishtirish hamda dori-darmonlarni sinash uchun ham ishlatilishi mumkin.

Olimlar parodontal kompleks bilan maxsus tayyorlangan organlarni o‘stirmoqchi. Bu tishning saqlanishi va fiziologik yangilanishini ta’minlaydigan to‘qimalarni o‘z ichiga olgan murakkab tuzilmadir. 2027 yilga kelib, loyiha klinik amaliyot darajasiga chiqishi kutilmoqda.

"Bemorning o‘z hujayralaridan to‘qimalar va organlarni o‘stirish qobiliyati bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim muammolarni hal qiladi. Birinchidan, mos donorni kutishning hojati yo‘q. Ikkinchidan, rad etish xavfi minimallashtiriladi – axir tanaga begona hujayralar kirmaydi. Transplantologiya va rekonstruktiv jarrohlik uchun ham bu katta voqea. Besh yil ichida biz ko‘p hujayrali bioreaktorning mahalliy dasturiy-apparat kompleksini, turli vazifalar uchun standartlashtirilgan bio-qog‘oz va bio-siyoh to‘plamini hamda murakkab organlarni yetishtirish uchun standart protokolni ishlab chiqamiz", deydi professor Petr Timashev.

Abdullayev Azizbek


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya inson a'zolari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing