O‘zbek qizi jahon rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Xabaringiz bor, AQSHning Las-Vegas shahrida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqaning navbatdagi kuni o‘zbek sportchilari uchun yanada omadli yakun topdi.

Qizlar o‘rtasida 64 kilogrammgacha vazn toifasida supachaga chiqqan Kumushxon Fayzullayeva musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritibgina qolmasdan, o‘smirlar o‘rtasida jahon rekordlarini ham o‘rnatdi.

O‘zbek sportchisi dast ko‘tarish mashqida 93 kg, siltab ko‘tarish mashqida esa 122 kg natija qayd etdi. Ikki kurashda 215 kilogramm jamg‘ara olgan sportchimiz ushbu vazn toifasining siltab ko‘tarish va ikki kurash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘smirlr o‘rtasida jahon rekordlarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

Kumushxon Fayzullayeva 2018 yilning yozida Toshkent mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchib, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi qizlar orasida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritgan sportchiga aylangan edi. Shuningdek, 2018 yil oktyabr oyida Argentinada o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasida ham unga teng keladigan raqib topilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

jahon chempionati Kumushxon Fayzullaeva

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing