Toshkentda yana bir yo‘l o‘tkazgich va tunnel barpo etiladi (foto)

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Olmazor tumani hududidan o‘tuvchi Qorasaroy va Kichik halqa yo‘li kesishmasidagi chorraha rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda “Xalq so‘zi“  hokimlikdagi manbaga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu chorrahada aylana ko‘rinishidagi yo‘l o‘tkazgich va tunnel barpo qilinadi. Tunnel Kichik halqa yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobillarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, svetoforsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratsa, Qorasaroy ko‘chasining har ikki tomoniga qarab harakatlanish uchun yo‘l o‘tkazgichga chiqish talab qilinadi.

Hozircha bu loyihaning qachon qurib bitkazilishi muddati ma’lum qilinmagan. Loyihaning moliyaviy qiymati haqida ham ma’lumotlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yo'l o'tkazgich

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing