Yekaterinburgdagi yong‘inda to‘rt nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 17 aprel kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi qurilish ob’ektlaridan birida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, kelib chiqishi Surxondaryolik bo‘lgan yigitlar yong‘in va gazdan zaharlanish oqibatida vafot etgan.

Qurbon bo‘lgan o‘zbekistonliklarning ism-sharifi:

Shuhrat Uralovich Mengtoshev, 1989 yil 22 avgustda tug‘ilgan;

Akbarali Saidmurodovich Qurbonov, 1995 yil 23 noyabrda tug‘ilgan;

Ulug‘bek Olimjonovich Ziyadullayev, 1998 yil 18 noyabr kuni tug‘ilgan;

Isroil Ravshanovich Choriyev, 1996 yil 18 oktyabrda tug‘ilgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 15 aprel kuni Yekaterinburg shahri Akademik tumanidagi qurilish ob’ektlaridan biriga ishga kirish uchun borgan.

Ayni paytda vakolatli organlar tomonidan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergov oldi tadbirlari boshlangan. 

Bosh konsulxona O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bilan hamkorlikda mazkur vaziyat nazoratga olingani hamda vafot etganlarning jasadlarini Vatanga qaytarish masalasi hal qilinayotganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ekaterinburg TIV yong'in

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing