Rossiya dunyoda tengi yo‘q qiruvchisiga ega bo‘lmoqda

Olam

image

Joriy yilda Rossiya federatsiyasi Mudofaa vazirligi Su-57 qiruvchisi bilan boyitilishi kutilmoqda.

Beshinchi avlodga mansub qiruvchi 5+ tizimidagi super dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu model 2019 yilning noyabr oyida Rossiya aviatsiyasi tarkibiga qo‘shib olinadi.

Ilk Su-57  seriyali qiruvchini mamlakat Havo-kosmik kuchlari qabul qilib oladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Super qiruvchini yetkazib berish borasida mart oyida turli mish-mishlar tarqalgan bo‘lsada, Su-57 ni joriy yil oxiriga qadar yetkazib berish va’da qilinmoqda.

Ko‘p bor ta’kidlanganidek, Su-57 loyihasi eng maxfiy loyiha bo‘lib qolmoqda. 

Aprel oyida ilk Su-57 ni Janubiy harbiy okrugdagi qismga yetkazib berish bo‘yicha bahslar bo‘lgan edi. Unga ko‘ra super qiruvchi Sevastopoldagi “Belbek” aerodromga qarashli 38-qiruvchi polk va Qrimdagi 3-aralash polkiga berilishi aytilgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

306

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made