O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas! Andijonda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilgan

Jamiyat

image

O‘zbekiston davlat rahbari boshchiligida ijtimoiy soha xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilishga nisbatan murosasiz kurash ketayotgan bir paytda Andijonning izboskanida o‘qituvchi va o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Telegram’dagi kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati Izboskan tumani 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilar va o‘quvchilar majburan obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida o‘z tasdig‘ini topgan. 

Andijon viloyati Izbosgan tumani 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori A.Urmonov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka va EKOIHning 3 barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Ma’lumot o‘rnida, MJKning 51-moddasiga ko‘ra, qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mehnatga biron bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash – eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Majburiy mehnat

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing