Nig‘matilla Yo‘ldoshev prokurorlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ta’minoti bo‘yicha javobgarlik yukladi

Jamiyat

image

Kecha, 29 avgust kuni Bosh prokuror rahbarligida Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda hududiy prokurorlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga doir chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish, mazkur sohada mavjud amaliyot hamda qonunchilikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Pandemiya bilan bog‘liq murakkab va sinovli davrda aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini, bozorlarda mahsulotlar xilma-xilligi va narx-navo barqarorligini ta’minlash vazifasiga prokuratura organlarining eng asosiy kuch va vositalarini jalb etish belgilandi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish ishlarining tashkil etilishi ahvolini o‘rganish bo‘yicha Bosh prokuratura va Departament xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Xususan, ishchi guruh a’zolariga hududiy prokuratura organlari bilan birgalikda qisqa muddatda barcha hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini tashkil etish borasida mavjud amaliyot va muammolarni chuqur tahlil qilish topshirildi.

Bosh prokuraturada tashkil etilgan Shtabga esa, o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari bilan birgalikda aholi va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish yuklatildi.

Shuningdek, yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar, bu sohada mutasaddi idoralar mas’uliyatini oshirish hamda qat’iy nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar batafsil muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan hududiy prokurorlarning tushuntirishlari, taklif va mulohazalari eshitildi.

Joylardagi prokurorlar va Departamentning hududiy tuzilmalari rahbarlari zimmasiga 2020-2021 yil qish-bahor mavsumi davomida aholi va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga doir vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Nig'matilla Yo'ldoshev

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing