Rossiya harbiylarini Armanistondan olib chiqadi

Olam

image

Rossiya va Armaniston rossiyalik harbiylar va chegarachilarni Armanistonning bir qancha viloyatlaridan olib chiqishga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Rossiya va Armaniston yetakchilari Vladimir Putin va Nikol Pashinyan shunga kelishib olgan. 

"Haqiqatan ham, shartlar o‘zgargani sababli Pashinyan va Putin bu masalada kelishib oldi. Armaniston tomonining iltimosiga binoan Rossiya chegarachilari Eron va Turkiya bilan chegarada qoladi", deydi u.

Armanistondagi hukmron “Fuqarolik shartnoma” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari Hayk Konjoryanning so‘zlariga ko‘ra, Tavush, Syunik, Vayots-Dzor, Gegarkunik va Ararat viloyatlaridagi Rossiyaning barcha chegara va harbiy punktlari faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 1 avgustdan esa rossiyalik chegarachilar Yerevandagi “Zvartons” aeroportida o‘z faoliyatini yakunlaydi.

Qayd etish joizki, Armaniston Rossiyadan tashqari Rossiya chegarachilari joylashgan yagona davlatdir. Respublikadagi Federal xavfsizlik xizmati chegara boshqarmasi armanistonlik hamkasblari bilan birgalikda 1992 yil 30 sentyabrdagi kelishuvga muvofiq Turkiya va Eron bilan chegaralarni himoya qilish xizmatini amalga oshiradi. Bo‘lim tarkibiga to‘rtta otryad kiradi – Gyumri, Armavir, Artashat va Megri, shuningdek, Zvartnots aeroportida alohida nazorat punkti.

2021 yilda ikki tomonlama hamkorlik doirasida Ozarbayjon bilan chegarada Tavush viloyatida Rossiya chegara qo‘riqlash postlari paydo bo‘ldi. Mart oyida Pashinyan Yerevan Ozarbayjon bilan chegarani shu uchastkadan delimitatsiya qilishni boshlashga tayyorligini aytgan edi.

Bugun, 10 may kuni Olmaota shahrida Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mazkur uchrashuv Ozarbayjon-Armaniston kelishuvlarini amalda amalga oshirishga xizmat qilishini hamda Janubiy Kavkazda mustahkam va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga tez hissa qo‘shishini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made