Ronaldu sobiq klubidan 20 million yevro undirmoqchi

Sport

image

2018-2021 yillarda "Yuventus"da to‘p surgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu advokatlar orqali Italiya klubidan 20 million yevro pul talab qilmoqda. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi o‘z haqini advokatlar yordamida undirib olmoqchi. Hozirgi vaqtda Italiya prokuraturasi "Yuventus"ning moliyaviy firibgarliklari bo‘yicha ish olib bormoqda.

Avvalroq "Yuventus" bosh direktori Mauritsio Arrivabene "keksa senora"ning Ronaldudan qarzi yo‘qligini aytgandi.

Sport huquqi bo‘yicha ekspertlar "Yuventus" A Seriyadan chetlatilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Ronaldu

Baholaganlar

191

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing