Ronaldu kambekka tayyor

Sport

image

“Yuventus” hujumchisi Ronaldu CHL doirasidagi “Atletiko”ga qarshi javob bahsidan oldin, jamoa muxlislariga murojaat bilan chiqdi.

“Keling, seshanba oqshomidan ijobiy natijaga umid bog‘laylik. Hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Bizga sizning yordamingiz kerak. Stadionni to‘ldirib, biz bilan birga bo‘ling. Bor imkoniyatimizni ishga solamiz, gollar uramiz va kerakli natijani qo‘lga kiritamiz. Men kambekka tayyorman” deya fikr bildirgan murojaatida portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” “Atletiko” bilan ilk bahsda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Atletiko Ronaldu

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing