Kiyev aholisiga derazalarni ochmaslik buyurildi. Sabab – koronavirus emas

Olam

image

Ukraining Chernobil shahrida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida mamlakat poytaxti Kiyev shahri tutun va kul ichida qoldi. Aholidan uylaridan chiqmaslik va derazalarni ochmaslik so‘ralgan. Bu haqda “360” telekanali xabar bermoqda.

Kecha, 17 aprel kuni Kiyev meri Vitaliy Klichko shaxsan Chernobil AES zonasiga tashrif buyurdi. Shaxsan o‘zi vaziyat bilan tanishishni istagan mer, yong‘inni daf etish ishlari qanday ketayotgani va radiatsiya xavfi qay darajada ekani bilan qiziqqan.

Amaldor mahalliy aholi bilan suhbatlashgan va o‘rmon xavfsizligi xodimlari va qutqaruvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan. Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, radiatsiya borasida xavotirli hech narsa yo‘q. Barchasi me’yorida.

Avvalroq, QIAir “havo sifati indeksi” jahon ro‘yxati e’lon qilingni, unda havosi eng iflos shaharlar ichida Kiyev ikkinchi o‘rinda qayd etilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

381

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing