Oltoydagi ko‘chki ostidan 4 nafar sayyohning jasadi topildi

Olam

image

Qutqaruvchilar Oltoy tog‘ida sodir bo‘lgan ko‘chkida halok bo‘lgan yetti sayyohdan 4 nafarining jasadlarini topishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu haqda Oltoy Respublikasi qutqaruv xizmati TASSga xabar bermoqda. 

Qutqaruv xizmatining xabariga ko‘ra, hududda joylashgan mehmonxonaga halok bo‘lganlarning yaqin qarindoshlari kelib joylashgan. Ular qidiruv ishlari haqida xabardor qilinmoqda. Bundan avvalroq, ko‘chki ostidan uch nafar sayyohning muzlagan tanasi topilgan edi. Ularning shaxsiga aniqlik kiritilioqda. 

Avval xabar qilganimizdek, to‘qqiz kishidan iborat sayyohlar guruhi 6 may kuni Oltoy respublikasi, janubiy Chuy tog‘ tizmasida yuz bergan ko‘chki ostida qolib ketgan. Natijada ularning 7 nafari halok bo‘lgan, 2 nafari omon qolgan edi. 

Uch kundan buyon davom etayotgan qutqaruv-qidiruv ishlari ob-havoning noqulayligi tufayli bir necha bor to‘xtab yana davom ettirilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made