Eksportni rag‘batlantirish agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari belgilandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 may kuni Hukumat qarori bilan “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Nizom bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari belgilandi.

Shunga ko‘ra, eksport qiluvchilarni marketing, narx belgilash, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona ma’muriyatchiligi, chet el bozorlariga “yagona darcha” prinsipi orqali kirish masalalari bo‘yicha axborot va maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash Agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Agentlik direktori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash vazir tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Hukumat qarori

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing