Video: Ikki o‘zbekistonlik Ufadagi maxsus markazdan qochib ketdi

Olam

Kecha, 1 may kuni Rossiyaning Ufa shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazidan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qochib ketgan.

“UFA1.RU”ning xabar berishicha, o‘zbekistonlik 26 yoshli Siroj Nazirov va 31 yoshli Radik Batirov soat 4:50 da markazdan qochib ketgan. Ular qochayotganda kun yorishayotgan bo‘lib, tashqi kuzatuv kameralari o‘zbekistonliklarning ikkinchi qavat oynasidan sakrab qochayotganini tasvirga olgan.

Har ikki erkak markazda joriy yilning 14 yanvaridan beri saqlanayotgan bo‘lgan. Ular markazda O‘zbekistonga qaytarilishini kutgan.

“Ikki nafar xorijiy fuqaro o‘zlari saqlangan markazdan ruxsatsiz chiqib ketishgan. Bundan avval ularga nisbatan mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Hozirgi paytda ular topildi va markazga qaytarildi”, deya ma’lum qilgan Boshqirdiston IIV.


Maqola muallifi

Teglar

Ufa markaz

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing