Arsenalning yangi formasini adidas tayyorladi

Sport

image

Londonning Arsenal klubi adidas kompaniyasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan edi. Shartnomaga ko‘ra, keyingi to‘rt mavsum davomida londonliklarni Germaniya kompaniyasi kiyintiradi va buning evaziga adidas Arsenal hisobiga 300 mln funt o‘tkazib beradi.

Shartnoma iyun oyidan kuchga kirishini hisobga olgan holda tomonlar hozirdanoq qizg‘in ishga kirishishgan. Ilk namuna sifatida keyingi mavsum uchun yangi formaning ko‘rinishi taqdim etildi.

Formaning  dizayni Arsenalning 90 yillardagi libosini eslatib yuboradi: oq yengli qizil futbolka.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal adidas

Baholaganlar

27

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing